Sidney plyajida jasorat ko‘rsatgan suriyalik qochqin Ahmad al-Ahmad butun dunyodan 2,5 million dollar moliyaviy yordam oldi.
14-dekabr kuni Sidneyning Bondi plyajida sodir bo‘lgan terrorchilik hujumini zararsizlantirgan suriyalik qochqin Ahmad al-Ahmad xalqaro miqyosda e’tirof etildi va uning jasorati uchun butun dunyo aholisi tomonidan 2,5 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ildi. Bu xayriya mablag‘lari taniqli bloger Zachery Dereniowski tomonidan tashkil etilgan kampaniya orqali to‘plangan.
Hodisa paytida hujumchilar odamlarga qarata otishgan, Ahmad al-Ahmad hujumchilardan birini to'xtatgan. Bu jarayonda qochqin jarohat oldi va hozirda kasalxonada davolanmoqda. Dereniowski Facebook orqali xayriya mablag‘ining topshirilganini tasdiqladi, xayriya kampaniyasida 43 000 dan ortiq inson qatnashgan.
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanese Ahmad al-Ahmadning jasoratini yuqori baholab, unga minnatdorchilik bildirdi.


