1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sidneyda yepiskopga pichoq bilan hujum qilindi

Oqibatda 4 kishi yaralangan.

Sidneyda yepiskopga pichoq bilan hujum qilindi

Maʼlumotlarga ko‘ra, hujum natijasida yepiskop va yana uch kishi yaralangan. Jinoyatchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

 

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilingan. Kadrlarda vaʼz paytida bir kishi ruhoniyning oldiga yugurib kelib, uni pichoq bilan urgani, shundan so‘ng u yiqilib tushgani va hujumchi zarba berishda davom etayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng bir necha dindorlar ruhoniyga yordam berish uchun yugurib kelishadi.

 

Bu so‘nggi kunlarda Sidneyda sodir etilgan ikkinchi qurolli hujumdir. 13 aprel kuni shahardagi savdo markazlaridan birida pichoq bilan qurollangan erkakning odamlarga hujum qilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика