1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sifatsiz dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi

Bu holat maktab direktori tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

Sifatsiz dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi

 

Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi maktabda sifatsiz dars o‘tgan o‘qituvchilarga hayfsan berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatida yashovchi L.K.dan murojaat kelib tushgan. Unda 2015-yilda tug‘ilgan farzandi D.D. Gurlan tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabida o‘qishi, u yerdagi ikki o‘qituvchi — A.Z. va D.A.ning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim berish darajasi yetarli emasligi sababli o‘qituvchilarni o‘zgartirish bo‘yicha maktab direktoriga murojaat qilgani aytilgan.

 

Biroq bu holat maktab direktori tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan. Maktab faoliyati qoniqarsiz darajadaligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilinganligiga qaramasdan holat yuzasidan mas’ullarga chora ko‘rilmagan.

 

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan holat o‘rganilgan va fuqaro L.K.ning farzandi o‘qiyotgan sinfdagi ta’lim sifati haqiqatan ham talab darajasida emasligi aniqlangan.

 

Shu sababli 34-sonli maktab o‘qituvchilari A.Z. va D.A.ga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanilgan. Shu bilan birga, maktab direktori Q.Q. ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar faoliyatini doimiy nazoratga olishi va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика