1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Sildan o‘lim ko‘rsatkichi dunyoda 20 yillik pasayishdan so‘ng keskin oshdi

Bu koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Sildan o‘lim ko‘rsatkichi dunyoda 20 yillik pasayishdan so‘ng keskin oshdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, qariyb yigirma yillik pasayishdan so‘ng Yevropada yana sil kasalligidan o‘lim ko‘rsatkichlari oshgan

 

Xususan, 2021 yilda 27,3 ming kishi ushbu xastalik qurboniga aylangan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 3 mingta ko‘p ko‘rsatkichdir.

 

Ekspertlar fikricha, bu — koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq omil. Chunki o‘sha davrda shifoxonalarning asosiy resurslari СOVID-19 diagnostikasi va muolajasiga yo‘naltirildi. Oqibatda silni tashxislash jarayoni bir muncha kechikdi.

 

Qolaversa, 2021-yilda sil kasalligining rifampitsin preparatiga chidamli turi 3 foiz o‘sishi kuzatilgan.

 

Umuman, 2021-yili Yer yuzida 10,6 million nafarga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingan. Bu 2020 yilga nisbatan 4,5 foizga ko‘pdir. Eng yomoni, tuberkulyoz oqibatida 1,6 million nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

 

Eslatib o‘tamiz, sil erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin. Shu sababli JSST 2035-yilgacha tuberkulyozdan o‘lim ko‘rsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика