Singapurda Rossiya nefti boshqa markalar bilan aralashtirilmoqda. Bloomberg‘ning yozishiqcha, bu sanksiyalarni aylanib o‘tish uchun amalga oshirilmoqda.
Agentlik Singapur neft rezervuarlarida saqlash uchun yonilg‘iga bo‘lgan talabning keskin oshib ketganiga eʼtibor qaratgan.
Shu bilan birga, yuqori talabga qaramay, rus neftini aralashtirish va savdo qilish mintaqa uchun nozik masala bo‘lib qolmoqda. Sababi, ayrim xaridorlar sotib olayotganda “qora oltin”ning kelib chiqishi haqidagi maʼlumotni ko‘rishni istamayapti.


