Sirdaryo tumani adliya bo‘limi markaz shoʻba boshlig‘i firibgarlik ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi shoʻba boshlig‘i M.B. fuqaro Sh.U.ning ishonchiga kirib, unga 1,4 mln so‘m evaziga yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 1,2 mln so‘mni tanishi N.S.ning plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


