1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik tashkiloti aʼzolari ushlandi

Aniqlanishicha, ular Rossiyada Suriyada o‘rnashib olgan terrorchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelgan va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik tashkiloti aʼzolari ushlandi

 

 

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatida terrorchilik tashkiloti aʼzolari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, 17 iyul kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda “Katibatul Tavxid val-Jihod” terrorchilik tashkiloti yashirin guruh aʼzolari ushlandi.

Mazkur guruh aʼzolari mavsumiy ishlash uchun Rossiyaga borib, yashirin faoliyat olib borayotgan ushbu tashkilot taʼsiriga tushib qolgan.

Ular yashash joylariga qaytib kelgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Aniqlanishicha, ular Rossiyada Suriyada o‘rnashib olgan terrorchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelgan va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar aʼzosi qo‘lga olinib, ularning uyali telefonlari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика