1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Sirdaryoda 5 gektar yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ular yerni 40 ming dollarga baholashgan.

Sirdaryoda 5 gektar yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

 

Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi 1989 yilda tug‘ilgan ukasi bilan o‘zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qiladi.

 

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика