1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda ota o‘z o‘g‘liga nikoh o‘qidi

Kuyov ikkinchi xotin sifatida 17 yoshga to‘lmagan qizga uylangan.

Sirdaryoda ota o‘z o‘g‘liga nikoh o‘qidi

 

Sirdaryoda hali 17 yoshga kirmagan kelinga o‘qilgan sharʼiy nikohni mulla yoki domla emas, balki kuyovning otasi o‘qigani fosh bo‘ldi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida sudga yubordi.

 

17 yoshga ham kirmagan qizning nikohini birov bilmasin, qabilida o‘qilishi noqonuniy ish ekani o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lsa-da Cirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi oila vakillari qonun va shaʼriyat talablari emas, balki o‘zaro xohish istaklarini hisobga oldi.

 

Sudda ulardan muzkur huquqbuzarlikni sodir etish sababi so‘ralganda erkak ayolining ahvoli og‘irligi, to‘y xarajatlarni qisqartirish maqsadida o‘z yubileyiga qo‘shib o‘g‘lining to‘yini ham o‘tkazib yuborishni maqsad qilganini aytib, ko‘rsatma berdi.

 

"Sudlanuvchi fuqarolik ish tartibida ajrashmagan o‘g‘lini 17 yoshga to‘lmagan shaxs bilan sharʼiy nikohini o‘qib, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 472-moddasining 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Sudlanuvchining yoshini hisobga olib unga bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdori, yaʼni 2 million 720 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi", — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining raisi Odil Mannatov.

 

Shaʼriy nikohni kimlar o‘qishga haqli?

 

"Sharʼiy nikohni O‘zbekiston musulmonlar idorasi tizimidagi imom-xatiblar va noiblar, albatta, nikoh qonuniy qayd etilgan fuqarolarga o‘qishi maqsadga muvofiq. Baʼzida ataylab, sharʼiy nikoh bilan oila qurdirib, kelin olishga harakat qilayotgan oilalar, afsuski, uchrab turibdi. Ular "kelin yaxshi chiqsa keyinchalik qonuniy rasmiylashtiramiz, mabodo yaxshi chiqmasa unga ajrimda hech narsa bermaslikni o‘ylamoqda", — deydi "Ahmad ibn Malik" jome masjidi imom xatibi Nurmuhammad Narzullayev.

 

Demak, sharʼiy nikohni o‘qib qo‘yayotganlar uning huquqiy oqibatalirin ham yaxshi bilishadi.

 

Sharʼiy nikohni vaziyat taqazosi deya baxona qilayotganlar qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmasligini sud zalida tushunib yetdi. O‘g‘liga sharʼiy nikoh o‘qigan otaninig so‘nggi pushaymoni esa bir oilaga qimmatga tushdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика