1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht aniqlandi

U Samarqand–Toshkent yo‘nalishida to‘xtatib qolingan.

Sirdaryoda salkam 1 tonna sifatsiz go‘sht aniqlandi

 

Sirdaryoda 1 tonnaga yaqin isteʼmolga yaroqsiz go‘sht aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

 

Qayd etilishicha, “Sirdaryo” YPX maskanida mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan ISUZU rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilgan.

 

Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.Sh. avtotransport yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 941 kg hayvon go‘shtini olib ketayotgan bo‘lgan.

 

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика