Avvalroq Sirdaryo viloyatining Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati hodisa oqibatida ko‘rilgan zarar miqdorini ochiqladi.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan zararni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tegishli vazirlik, idoralar mas’ul vakillari, viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
Harbiy qism yaqinida joylashgan mahallalar to‘liq qamrab olinib, xatlovdan o‘tkazilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 3742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgani aniqlangan.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 22 oktyabr kuni 2 ming kvadrat metr oynalar aholiga yetkazilib, o‘rnatib berilgan.


