1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi

 

Bugun, 18-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 15:20 da Boyovut tumani “Qarapchi” MFY hududidagi 7-uyda taxminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida uyning 50 kvadrat metr maydoni yongan. Ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

 

Voqea joyga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:28 da yetib borib, yong‘in 16:30 da to‘liq o‘chirilgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика