Avvalroq olovga ehtiyotsizlik munosabatda bo‘lish oqibatida Sirdaryo tumanidagi davlat o‘rmon ov xo‘jaligi yer maydonidagi ekinzor, o‘rmon, daraxt va boshqa o‘simliklarga zarar yetkazilgani xabar qilingandi.
Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan tergov harakatalari olib borilmoqda.


