Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi “Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha Prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi.
Tashrifi davomida mamlakat rahbari birinchi navbatda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, ular bilan suhbatlashgan.
“Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko‘rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko‘ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuasiya qilishni birinchi bo‘lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa’y-harakatlaringizni O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan muhim e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi deb bilaman.
Hech qancha vaqt ilgari biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo‘shni bo‘lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuasiya qilishdek bu og‘ir operasiyani faqat O‘zbekistonning faol ko‘magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda”, degan Prezident.
Anjey Duda O‘zbekiston fuqarolari bilan samimiy suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashi va zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tgan.


