1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Slotning Liverpuldagi g'alabali yurishi tugadi

Jamoa o'z maydonida sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi.

Slotning Liverpuldagi g'alabali yurishi tugadi

 

"Liverpul" yangi bosh murabbiy Arn Slot qo'l ostida birinchi marta mag'lub bo'ldi va uning qo'l ostida ilk bor gol o'tkazib yubordi. 72-daqiqada Xadson-Odoi jarima maydonchasi chetidan ajoyib zarba yo'lladi. To'p darvozaning uzoq burchagiga borib tushdi.

 

Garchi o'yin nuqtai nazaridan "Liverpul" yaxshiroq o'ynadi va xavfliroq vaziyatlarni yaratdi. Masalan, zarbalar bo'yicha hisobda mezbonlarning yaqqol ustunligi sezildi.

 

Nuno Espirito Santu shogirdlari raqib darvozasiga yaqin joyda pressing qilib, buni ishonchli tarzda uddalashdi. "Liverpul" qarshi hujumlarni yaxshi ko'radi, ammo bu holatda deyarli barcha imkoniyatlar doim yo'qqa chiqarildi. Bundan tashqari "Liverpul"ning hujum chizig'ida muammolar yuzaga keldi. Uchrashuv yakunlanishiga oz qolgan vaqtda "Liverpul" hujumlarni yanada kuchaytirdi. Natijada Nunes hujum qilinayotgan vaqtda to‘pni yo‘qotdi va mehmonlarning qarshi hujumi Elanganing sovuq pasidan so‘ng, Xadson-Odoining goli bilan yakunlandi.

 

Shundan so'ng, Slot darhol Konateni maydondan olib tashladi va uchta himoyachi bilan o'ynashni boshladi. Raqib jamoa darvozasi tomon bosim yanada kuchaydi, ammo bu durang uchun ham yetarli bo'lmadi. "Liverpul"ning eng yaxshi imkoniyati 17-daqiqada, Luis Diaz to'pni yaqin ustunga yo'llagani bo'ldi. Agar to'p biroz o'ngga ketganida, ehtimol, "Liverpul" uchun o'yin osonroq o'tardi. Kolumbiyalik futbolchi mavsum boshida ajoyib sport formasida ekanligini ko'rsatdi, ammo bu safar atigi 60 daqiqa o'ynadi. Balki, uning almashtirilishi o'yin saviyasi bilan emas, balki terma jamoadagi uchrashuv va charchoqlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

 

"Liverpul" to'rt turdan keyin 9 ochko jamg'arishga erishdi. "Siti" parallel o'yinda "Brentford" ustidan irodali g'alaba qozondi. Shu tariqa manchesterliklar "Liverpul"dan uch ochko oldinga o'tib ketdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика