1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi

Bu haqida Slovakiya Bosh prokurori Maros Zilinkan Facebook‘dagi sahifasida yozdi.

Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi

"Bosh vazirga o‘q uzgan Yuray Sintulaga ishning qayta tasniflanishi haqida allaqachon maʼlum qilingan. Endi uni 20 yillik qamoq jazosi yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda", — deya aniqlik kiritdi Bosh prokuror.

 

Maʼlumot uchun, 15 may kuni 71 yoshli Yuray Sintula hukumat yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shahrida Fitsoga qarata o‘q uzgan, Bosh vazir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Otishma sodir etgan shaxsning o‘zi darhol qo‘lga olindi. Keyinchalik u o‘z harakatini Slovakiyaning amaldagi hukumati siyosatidan norozi ekani bilan izohlagan.

 

1 iyul kuni Slovakiya Mudofaa vaziri Robert Kalinyak Bosh vazirning ahvoli allaqachon yaxshilanganini va u tez orada o‘z vazifasiga qaytishini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика