1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Smartfonlar semizlikni keltirib chiqarishi mumkin

Bu bo‘yicha olimlar tadqiqot o‘tkazdi.

Smartfonlar semizlikni keltirib chiqarishi mumkin

 

Venesuela olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 5 soatdan ko‘p smartfonlardan foydalanish semirish xavfini 43 foizga oshirishi mumkin. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Agar bu holat “kompyuter+smartfon” kombinatsiyasi asosida, turli virtual o‘yinlar o‘ynash tarzida kechsa, zarar ko‘lami yanada ortadi. 

 

Qolaversa, bir joyda o‘tirgan yoki yotgan holatda uzoq vaqt ekrandan ko‘z uzmaslik nafaqat ortiqcha vazn, balki ko‘rish qobiliyati zaiflashishiga ham sabab bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, gadjetlardan me’yoridan ko‘p foydalangan kishilar odatda sog‘lom va o‘z vaqtida ovqatlanish tartibiga ham to‘liq amal qilishmaydi. Bu holat organizmda boshqa qator xavfli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика