
Davlat rahbari nutqidan muhim iqtiboslar:
«2022 yil 1 yanvardan, subsidiyalar ajratish bo‘yicha murojaatlar «yagona darcha» tamoyili asosida qabul qilinadi, jarayonda ishtirok etadigan davlat idoralari soni 2-3 baravarga qisqartiriladi».
«Kelgusi yildan boshlab, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi hujjatlar “onlayn” tarzda rasmiylashtiriladi. Joriy yil yakuniga qadar litsenziya yoki ruxsatnomalar soni yana kamida 30 foizga qisqartiriladi».
«Bugungi kunda mahalliy hokimliklar bino va inshootlarning buzilishi bo‘yicha 349 nafar tadbirkordan 123 milliard so‘m qarzdor. Barcha viloyat hokimlarini ogohlantiraman: 1 sentyabrga qadar tadbirkorlar bilan barcha hisob-kitoblar yakuniga yetkazilishi, bir so‘m ham qarzdorlik qolmasligi shart!»


