AQSH razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining Twitterida Mark Sukerbergning Meta kompaniyasi aksiyalarining qulashi haqida fikr bildirdi.
“Kuling, Sukerberg birjasining qulashi ustidan kuling. Lekin esda tutingki, besh yildan so‘ng u sizning ko‘z qorachig‘ingizga ega bo‘ladi va har pirpiratganingizda reklamalarni to‘xtatib qo‘yadi”, — deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sukerberg Meta aksiyalari qulaganidan keyin 11 milliard dollar yo‘qotgani haqida xabar berilgandi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor hozirda 36 milliard dollarga egalik qilmoqda.


