1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sog'liqni saqlash sohasida Italiya tajribasi joriy etiladi

O‘zbekistonning tibbiyot, tibbiy taʼlim va farmatsevtika sohalarida Italiya tajribasini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Sog'liqni saqlash sohasida Italiya tajribasi joriy etiladi

 

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov va Italiyaning Lombardiya sog‘liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Keltirilishicha, vazir O‘zbekiston tibbiyot, tibbiy taʼlim va farmatsevtika sohalarida Italiya tajribasini joriy etish maqsadida bir qator muhim takliflar, jumladan ikki mamlakat soha vakillari, yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sanoati forumini tashkil etish tashabbusi bildirildi.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistondagi mavjud sog‘liqni saqlash tizimini yana-da rivojlantirish bo‘yicha tegishli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish maqsadida Lombardiya delegatsiyasini O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi. Lombardiya sog‘liqni saqlash hududiy maslahatchisi Gvido Bertolaso bildirilgan takliflarni katta qiziqish bilan qabul qilib, Lombardiya ilg‘or tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

 

Gvido Bertolasoning aytishicha, Lombardiya sog‘liqni saqlash tizimi innovatsion tibbiy va jarrohlik texnologiyalari keng qo‘llanilishi, shifokorlarni o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanishi hamda ilmiy izlanishlar olib borilishi bilan ajralib turadi.

 

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar ijrosi bo‘yicha "Yo‘l xarita"sini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика