Sog‘liqni saqlash vaziri A. Inoyatov bugun tunda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar stansiyasida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab vazir Call-markaz ish-faoliyati bilan tanishib, fuqarolardan “103” xizmatiga kelib tushgan navbatdagi chaqiriqni qabul qildi. Murojaat egasining shikoyatlarini tinglagach, eng yaqin bo‘lgan tez tibbiy yordam brigadasini darhol ushbu manzilga yubordi.
Maʼlumot uchun: joriy yilning o‘tgan 10 oy davomida “103” raqamiga jami 10 million 900 mingga yaqin chaqiruv kelib tushgan. Shundan 1 million 19 ming 841 nafar bemor shifoxonaga gospitalizatsiya qilingan.


