Haftalikda sohaga oid taqdimotlar, ko‘rgazmalar, so‘nggi innovatsiyalar, ilmiy ishlanmalar namoyishi o‘tkaziladi.

Taʼkidlash joiz, innovatsion texnologiyalar tatbiq etilayotgan sohalarda jahon andozalariga mos bo‘lgan, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu sohalar iqtisodiyotimizdagi eng ilg‘or sohalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Maʼlumot uchun: 2018-2022 yillarda 400 dan ziyod yosh olim dunyoning eng rivojlangan 30 dan ortiq davlatida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib, malaka oshirib qaytdi.


