Soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 68 129 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 63 548 tasi xarid cheki bermaslik;
- 2 755 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 128 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 1 698 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 38 867 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan. Murojaatlar asosida 25 623 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilning I yarmida 26 988 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 13,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.


