1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘lish imkoni yaratildi

Mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi.

Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘lish imkoni yaratildi

 

Bu haqda “Soliq xizmati xabarlari” Telegram kanalida xabar berildi. 

 

2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun  berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodi orqali qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lishi mumkin.

 

Unda mobil ilovani  skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo‘ladi.

 

Avtomobil sotib olganlik, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlar amalga oshirilganda olingan xarid cheklari uchun keshbek qaytarilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahsulot sotib olgan xaridorga xarid summasining 1 foizi qaytarilishi hamda 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan qoplanishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика