1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Soliqdan kelgan SMS orqali kartdan pul yechib olinyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga rasmiylar izoh berdi.

Soliqdan kelgan SMS orqali kartdan pul yechib olinyaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda yer va mol-mulk solig‘i haqida yuborilgan xabarnomaning havolasiga bosilganda foydalanuvchi bank kartasidan pul yechib olinishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirib, bu maʼlumotlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 6079 raqamidan hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan yer va mol-mulk soliqlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni SMS ko‘rinishida yubormoqda.

 

“Havola bosilganda soliq to‘lovchi bank kartasidan pul yechib olinmaydi. “Batafsil” yozuvidagi havola orqali  to‘lov xabarnomasi yuklanadi.

 

“To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma (Play market) ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика