1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Somalidagi markaziy bozorda katta yong‘in yuz berdi

28 kishi jarohat olgan, yuzlab do‘konlar vayron bo‘lgan.

Somalidagi markaziy bozorda katta yong‘in yuz berdi

 

Somalining shimolidagi Xargeysa shahridagi yirik bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 28 kishi kuyish jarohati olgan, yuzlab do‘konlar  vayron bo‘lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

 

Shaharning qoq markazida joylashgan bozorda  2000 ga yaqin do‘kon va savdo rastalari joylashgan. Alanganing kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum. Guvohlarning aytishicha, shaharda hech qachon bunday katta yong‘in yuz bermagan. 

 

Somali  prezidenti Muse Bihi Abdi hukumat favqulodda choralar ko‘rish uchun 1 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика