27-aprel kuni noma’lum shaxs tomonidan ushbu videolavhalar ko‘chirib olinib, boshqa bank plastik karta raqami va telefon raqamini qo‘yib, xalqdan yordam so‘rab bir qator guruhlarda joylashtirgan soxta xayriya e’lonlari aniqlandi.
Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida, may oyida Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Paxtakor tumanida yashovchi 2002-yil tug`ilgan fuqaro M.R. sodir etganligi aniqlanib, bir dona bank plastik kartasi va smartfoni ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ushbu shaxs “Telegram” dagi bir qator guruhlarda videolavhalarni tarqatish orqali fuqarolardan soxta xayriya e’loni ostida ko‘rsatgan bank plastik kartasiga jami bo‘lib 11.000.000 so‘mga yaqin pul mablag‘larini tushirib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.R.ga nisbatan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


