1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

SpaceX 2022-yilda sayyohlarni koinotga chiqarishi mumkin

Dastur uchtagacha parvozni o‘z ichiga oladi.

SpaceX 2022-yilda sayyohlarni koinotga chiqarishi mumkin

 

Tijoriy uchish ekipaji tarkibiga AQSH harbiy-havo kuchlarining sobiq uchuvchisi, ikki SpaceX muhandisi va milliarder Jared Ayzekman kiradi.

 

Ayzekman "Polaris Dawn" kosmik dasturini ishga tushirish uchun professional bo‘lmagan astronavtlar ekipaji bilan pul to‘lagan. Bu haqda u "The Washington Post" gazetasiga gapirib berdi.

 

Parvozlarning birinchisi fazoga chiqish bo‘lib, u 2022-yilning to‘rtinchi choragiga mo‘ljallangan.

 

Ekipaj tarkibiga Ayzekmanning o‘zi, AQSH harbiy-havo kuchlarining sobiq uchuvchisi Skott Potit, ikki SpaceX muhandisi Sara Gillis va Anna Menon kirgan. Ular 5 kun davomida orbitada Starlink aloqa va tibbiy tadqiqotlarni sinovdan o‘tkazadi.

 

SpaceX kosmik yurishlar uchun skafandr ishlab chiqarayotgan bir paytda, unga qancha ekipaj aʼzosi kerak bo‘lishi nomaʼlum.

 

Maʼlumot uchun: 2021-yilning sentabr oyida SpaceX o‘zining birinchi fuqarolik ekipajini koinotga uchirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика