“SpaceX” komaniyasining “Falcon 9” raketasi yana 53 ta “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqdi. Parvoz 21-aprel kuni Florida shtatidagi kosmodromdan amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun: kompaniya 2019-yildan buyon 2335 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi. Ularning ba’zilari muvaffaqiyasizlikka uchrab, orbitadan chiqib ketgan.
Har birining og‘irligi 290 kg bo‘lgan “Starlink Internet” sun’iy yo‘ldoshlari hozirda 2,1 mingga yaqin faol kosmik kemaga ega. 20 dan ortiq davlat internetga kirish uchun ulardan foydalanadi.
Endilikda “SpaceX” kompaniyasi yo‘lovchi samolyotlarni Wi-Fi bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvlar ham imzolamoqda.


