1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

SSV: Toshkentda 678 kishi nafas qisishi tufayli "Tez yordam"ga murojaat qildi

Vazirlik respublikamizda kuzatilayotgan qum bo‘roni bo‘yicha ogohlantirish berdi.

SSV: Toshkentda 678 kishi nafas qisishi tufayli "Tez yordam"ga murojaat qildi

 

Kecha yurtimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisalari kuzatilganidan xabaringiz bor. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan meʼyordan 5 barobar oshdi.

 

— Bunday vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslik zarur, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.

 

SSV maslahat berishicha, nim taʼsir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chayish, xonalarni yopiq saqlash, xo‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish zarur.

 

Ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

 

Yurtimiz aholisi bunday ob-havo sharoitida zarurat sezganda, “103” xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика