1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritdi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 18 va undan yuqori yoshdagi aholini SOVID-19ga qarshi emlash tartiblariga ko‘ra, emlashga qarshi vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritdi

 

Komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov to‘g‘risida maʼlumotnomada quyidagilar aks etadi:

 

Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar:

 

  • Koronavirus kasalligining o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlar;

  • laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo‘lmagan shaxslar;

  • koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.

 

Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:

 

  • anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo‘lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lganda);

  • homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida maʼlumot yetarli emasligi sababli);

  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

  • anamnezida tug‘ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar;

  • vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar.

 

«SOVID-19 vaksinatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov to‘g‘risida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

 

Koronavirus infeksiyasining o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, shuningdek, laboratoriyada SOVID-19ga musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan (simptomsiz) shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so‘ng emlanadi.

 

JSST tavsiyalariga asoslangan holda SOVID-19 kasalligidan sog‘aygan va reabilitatsiya davrini o‘tkazgan shaxs shifokor ruxsati bilan 3-6 oydan so‘ng emlanishi mumkin», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

 

Avvalroq, homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berilgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика