1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

SSV "omicron"ning yangi belgilari paydo bo‘lganini ma’lum qildi

“Yashirin shtamm” nomini olgan mazkur subvariant hozirgacha dunyoning barcha qit’alarida qayd etilgan.

SSV "omicron"ning yangi belgilari paydo bo‘lganini ma’lum qildi

 

Koronavirusning “omikron” shtammi qisqa muddatda dunyoni “zabt” etgach, ko‘p o‘tmay uning yangi mutasiyalari keng tarqala boshladi. VA.2 — shulardan biri. Vaqt o‘tishi bilan unga xos yangi alomatlar ham ma’lum bo‘lmoqda. 

 

Xususan, BA.2 belgilari nafaqat gripp va tumov, balki allergiya simptomlari bilan juda o‘xshash. 

 

Mutaxassislar fikricha, tekshiruv testlarisiz bemorning koronavirusni yuqtirgan yoki yo‘qligini aniqlash imkonsiz. 

 

BA.2 ning asosiy alomatlari shamollash singari namoyon bo‘ladi: ko‘pincha tomoq og‘riydi, burun bitadi. Sababsiz bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va toliqish kuzatiladi.

 

Biroq bahorning ayni kunlarida ushbu simptomlarni allergiya belgilari bilan chalkashtirib yuborish hech gap emas. Negaki, bu shtammda COVID-19ga xos “an’anaviy” alomat — ta’m va hid bilish qobiliyati yo‘qolishi kuzatilmaydi. 

 

Buyuk Britaniyalik mashhur epidemiologik olim, professor Tim Spektor bu boradagi o‘rganishlariga tayanib, BA.2 avvalgi shtammlarga qaraganda tezroq tarqalishi barobarida, aksariyat hollarda yengil kechayotganini ta’kidladi. 

 

Buni “omikron”ning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Janubiy Afrikada yangi mutasiyani yuqtirgan bemorlarning taxminan 40 foizi kasallikni hech qanday belgilarsiz boshdan kechirgani ham tasdiqlaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика