Rossiya muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy firibgarlik va sudyani haqorat qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda RBK ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Moskvaning Lefortovo sudi 22-mart kuni Aleksey Navalniyga hukm chiqardi. Unga nisbatan sud tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jazo qattiq tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.


