1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

 

Unga ko‘ra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatishda, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi ham belgilandi.

 

Unga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul bundan mustasno) qaratilmaydi. Qarzdorga javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

 

Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan summani undirish uchun esa ish haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика