1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sudanda fojiali ko‘chki: Tarasin qishlog'i butunlay yo‘qoldi

Fojia mamlakatdagi davom etayotgan fuqarolar urushi va ocharchilik bilan kurashayotgan aholining og‘ir ahvolini yanada chuqurlashtirdi.

Sudanda fojiali ko‘chki: Tarasin qishlog'i butunlay yo‘qoldi

Sudanning Darfur mintaqasida kuchli yomg‘irlar sabab yuz bergan ko‘chki butun bir Tarasin qishlog‘ini xaritadan o‘chirib tashladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida taxminan 1 000 kishi halok bo‘lgan, atigi bitta kishi esa omon qolgan. Ushbu fojia mamlakatdagi davom etayotgan fuqarolar urushi va ocharchilik bilan kurashayotgan aholining og‘ir ahvolini yanada chuqurlashtirdi.

 

Qutqaruvchilar hozircha 100 ga yaqin jasadni topgan, biroq tog‘li hududga kirish qiyinligi tufayli izlash ishlari sekin olib borilmoqda. Marrah tog‘lari 3 000 metr balandlikdagi vulqonli hudud bo‘lib, UNESCO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ko‘chki kuchli yomg‘irlar yog‘ib, tog‘ yonbag‘irlarining yumshab ketishi natijasida yuzaga kelgan.

 

Sudan 2023-yildan beri armiyasi va Tezkor Qo‘llab-quvvatlash Kuchlari (RSF) o‘rtasidagi qonli urush girdobida qolmoqda. Darfur esa urushning eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan biri bo‘lib, xalqaro tashkilotlar bu yerda sodir etilgan ko‘plab jinoyatlarni tergov qilmoqda. Minglab odamlar o‘ldirilgan, millionlab aholi esa uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 25 milliondan ortiq inson ochlik yoqasida yashamoqda, 3,6 million bola esa to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Qolaversa, so‘nggi ikki yil ichida xolera, bezgak va denge kabi xavfli kasalliklar ham tarqalib, yuzlab insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика