1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Superliga futbolchilarining narxi eʼlon qilindi

Ayrim o‘yinchilarimizning transferida o‘zgarishlar bor.

Superliga futbolchilarining narxi eʼlon qilindi

 

Bugun transfermarket internet portali futbolchilarning transfer narxining yangilangan ruyxatini maʼlum qildi. Unda O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan bir qator futbolchilarimizning narxida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, ayrim o‘yinchilarimizning transfer qiymati tushib ketgan.

 

Unda ko‘ra, yaqinda U-23 musoqasida yurtimiz sharafini himoya qilgan futbolchilarimizning narxi ko‘tarilganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, mazkur ruyxatdan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi aʼzolari Husayn Norchayev, Vladimir Nazarov, Ruslanbek Jiyanov va Muhammadqodir Hamraliyevlarning narxi sezilarli darajada oshgan. Bu futbolchilarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan bog‘liq ekanligi seziladi.

 

Ruyxatda transfer narxida pasayish kuzatilgan Superligada to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida ham maʼlumot taqdim etildi. Unda bir vaqtlar O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibining asosiy futbolchilari bo‘lgan, Sardor Rashidov, Yegor Kremits va Oleg Zoteyevning narxida pasayish kuzatilgani maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari hozirda ham jamoaning asosiy aʼzosi Temurxo‘ja Abduxoliqov, Farrux Sayfiyev, Islom Qobilovlarning ham narxida shu holat sodir bo‘lgan.

 

U-23 musobaqasi yakunlanganidan so‘ng, ko‘pchilik futbol mutaxasislari yoshlarimizning keyingi faoliyati haqida turlicha fikrlarni bildirishmoqda. Ayrimlar futbolchilarimizning o‘yini yana-da kuchayishidan umidvor bo‘layotgan bo‘lsa, boshqalar yoshlarimizning “yo‘qolib” qolishidan xavotirda. Bu bo‘yicha turli fikrlar mavjud. Biz esa holat qanday davom etishini kuzatishda davom etamiz. 

 

Olimpiya terma jamoamizning o‘yinini keyingi yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga saralash bahslari yana-da ochib beradi. Bu ushbu musobaga qanday tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Ana o‘shandagina yoshlarimizning hozirgi o‘yinini kuzatgan holda, umumiy xulosaga kelishimiz mumkin.

 

Bir vaqtlar Osiyo chempionatlaridan va terma jamoa safida ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan Rashidov, Kremits va Abduxoliqovlarning o‘yinidagi pasayish muxlislarning hafsalasini pir qilgani bor gap. Shu sababli hozirgi yoshlar terma jamoamiz aʼzolaridan o‘z ustilarida ishlashgan to‘xtamasliklarini xohlab qolardik. Sababi, ular ayni damda o‘zbek futbol muxlislarining ishonchini qozona olishdi. Endi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, o‘zbek futboli tarixida qolishini tilab qolamiz.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика