1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya sobiq prezidentining rafiqasi ajrashishga ariza berdi

U davolanish uchun Buyuk Britaniyaga ketmoqchi.

Suriya sobiq prezidentining rafiqasi ajrashishga ariza berdi

 

Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun Rossiya sudiga ariza berdi va davolanish uchun Buyuk Britaniyaga ketmoqchi.

 

Asma Asad qon saratonining og‘ir shakliga chalingan. U davolanish uchun turmushga chiqqunga qadar yashagan Britaniyaga bormoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Asma Asad mamlakatga kirish uchun eri bilan ajrashishi kerak. Chunki “ajrashish mamlakatga kirish uchun asosiy shart” hisoblanadi.

 

Shuningdek, Asma Asad sud orqali Moskvadan chiqib ketishga ruxsat olmoqchi. Biroq amaldagi taqiqning aniq sabablari oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu Rossiyada boshpana olish uchun hujjatlar vaqtincha olib qo‘yilgani bilan bog‘liq. Bashar Asadning o‘zi Rossiyada qattiq cheklovlarga duch kelayotgani aytilmoqda. Unga Moskva hududini tark etish va biron-bir siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Bashar Asadning moliyaviy aktivlariga kirishni muzlatib qo‘ygan. Shunga o‘xshash holat uning ukasi Mohir Asadga ham tegishli bo‘lib, uning boshpana olish haqidagi arizasi hali ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика