Damashq va Ar-Riyod diplomatik munosabatlarni tiklashga tayyor, deya xabar bermoqda «Reuters» nashri.
Yaqin kelajakda Saudiya Arabistoni elchixonasi Damashqda o‘z eshiklarini ochishi mumkin. Saudiya Arabistonining Suriya prezidenti Bashar Assad bilan murosaga erishish qarori ko‘p jihatdan arab davlatlarining Eronning Suriya hududiga taʼsirini cheklash, shuningdek, bir qator boshqa mintaqaviy muammolarni hal qilish istagi bilan bog‘liq. Damashq bilan Ar-Riyodni yaqinlashtirish uchun faol harakat qilayotgan tomonlardan biri Moskva edi.
«Reuters» Suriya razvedkasining yuqori martabali amaldori Ar-Riyodga tashrif buyurganidan keyin shunday qarorga kelgani haqida yozmoqda. Ayni paytda baʼzi arab nashrlari Suriya prezidentining akasi Maher Asadning Ar-Riyodda bo‘lganini daʼvo qilmoqda.
Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, Damashq va Ar-Riyod Ramazon oyi oxirida nishonlanadigan Iyd ul-Fitr (Hayit) bayramidan so‘ng o‘z elchixonalarini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Avvalroq TASS o‘z manbalariga tayanib, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Ramazon hayiti kuni Damashqqa tashrif buyurishi mumkinligini maʼlum qilgandi.


