1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya yana notinch: Damashqda portlash oqibatida 6 kishi qurbon bo‘ldi

Bu so‘nggi 48 soat ichida hududda sodir bo‘lgan ikkinchi portlashdir.

Suriya yana notinch: Damashqda portlash oqibatida 6 kishi qurbon bo‘ldi

 

Payshanba kuni Suriya poytaxti Damashq yaqinida sodir bo‘lgan portlashda 6 kishi halok bo‘ldi, 46 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Xinhua agentligi.

 

Mahalliy OAV maʼlumotlariga ko‘ra, voqea al-Said Zaynab yaqinidagi al-Sudan ko‘chasida sodir bo‘lgan. U yerda mototsiklga o‘rnatilgan portlovchi qurilma masofadan turib ishga tushirilgan. Suriya sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-G‘abboshning so‘zlariga ko‘ra, 20 kishi jarohatlangan. Ularga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, qolganlari shifoxonalarga yetkazildi.

 

Portlashdan keyin voqea joyiga 11 tez yordam mashinasi yuborilgan. Bu so‘nggi 48 soat ichida hududda sodir bo‘lgan ikkinchi portlashdir. 25 iyul kuni mototsiklning portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика