1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik fuqaro 8 yilga qamaldi

Ayblanuvchi Turkiyada qo'lga olinib, O'zbekistonga olin kelinganidan keyin ham terroristik tashkilot aʼzolari bilan aloqada bo‘lgan.

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan andijonlik fuqaro 8 yilga qamaldi

 

DXXning xabar berishicha, Andijon viloyatida yashovchi I. U. 2021-2022-yillarda Turkiyada ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining taʼsiriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qiladi. Natijada shu maqsadda u bir necha bor Suriyaga o‘tishga uringan, lekin turkiyalik chegarachilar bunga imkon bermagan. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

 

Qayd etilishicha, mazkur shaxs Andijonga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot aʼzolari bilan aloqada bo‘lgan.

 

DXX tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida I. U. ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilib, ayblanuvchi 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика