1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

BMT: Suriyaga oziq-ovqat yordami kamaytiriladi

Bu moliyalashtirishning tez tugashi, operatsion xarajatlarning o‘sishi va joylarda ehtiyojlarning ortishi bilan bog‘liq.

BMT: Suriyaga oziq-ovqat yordami kamaytiriladi

 

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi iyul oyidan boshlab Suriyaga oziq-ovqat yordami va oziq-ovqat uchun ajratiladigan mablag‘larni qisqartiradi. Shoshilinch ravishda kamida 180 million dollar kerak, deya maʼlum qildi tashkilot.

 

Iyul oyidan BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi Suriyada qo‘llab-quvvatlayotgan 5,5 million aholining deyarli yarmiga oziq-ovqat yordami va moliyalashtirishni qisqartiradi. Bu haqda seshanba kuni gumanitar tashkilotda maʼlum qilindi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu haddan tashqari chora zarur oziq-ovqat ratsionining yarmini olgan va shu bilan zo‘rg‘a omon qolgan 2,5 million kishiga taʼsir qiladi.

 

Yordamning kamayishi moliyalashtirishning tez tugashi, operatsion xarajatlarning o‘sishi va joylarda ehtiyojlarning ortishi bilan bog‘liq.

 

Shu fonda oktyabr oyidan boshlab Afg‘oniston, Bangladesh, Chad, Mali, Falastin, Tanzaniya va Yaman kabi mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan yordam darajasini saqlab qolish imkonsiz bo‘lib qoladi, deya qo‘shimcha qiladi ekspertlar.

 

Yil oxirigacha qisqartirishlar oldini olish uchun Suriyaga zudlik bilan kamida 180 million dollar (166 million yevro) kerak.

 

«Ratsionni bundan keyin ham qisqartirish mumkin emas. Bizning yagona yechimimiz — yordam oluvchilar sonini kamaytirish. Biz yordam berayotgan odamlar mojaroning halokatli oqibatlarini boshdan kechirdi, uylarini tashlab, oila aʼzolari va tirikchilik vositalarini yo‘qotdi. Bizning yordamimiz bo‘lmasa, ularning qiyinchiliklari yana-da kuchayadi», — dedi BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining Suriyadagi direktori Kenn Krossli.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика