Surxondaryo viloyatida kelgusi besh yilda viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag'larni qopash uchun viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2023-yilning 1-avgustidan ichimlik suvi uchun quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:
- aholi uchun –1 m metr kub - 2 140 so‘m;
- byudjet tashkilotlari uchun - 1 metr kub - 5 000 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1metr kub - 5 000 so‘m;
Oqova suv xizmati uchun:
- aholi uchun – 1 metr kub – 950 so‘m;
- byudjet tashkilotlari uchun - 1metr kub – 1 800 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1metr kub – 1 800 so‘m.


