Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gulladi.
Ma'lumot uchun, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 667 turga mansub o‘simlik uchraydi. Shulardan 36 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Shuningdek, hududning tog‘li va tog‘oldi qismlarida ko‘p yillik, yovvoyi, dorivor o‘simliklar o‘sadi.


