Surxondaryo viloyatida yo‘l harakati patrul inspektoriga pora taklif qilgan hindistonlik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik departamenti ma'lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, YPX xodimi texnik nosozligi bor avtomobilni boshqarayotgan chet ellikni to‘xtatib, hujjatlarini tekshirmoqchi bo‘lganida, fuqaro inspektorga 10 million so‘m miqdorida pora taklif qilgan. Tezkor tadbir davomida u pullarni berishga uringan paytda ushlangan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


