1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

Hozirda pedagog ishdan bo‘shatilgan.

Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 23 yanvar kuni Sho‘rchi tumanidagi 4-maktabda sodir bo‘lgan. 8-sinf o‘quvchilariga tarix darsi davomida o‘quvchi B.B. dars jarayoniga xalaqit bergani uchun o‘qituvchi X.D. unga tanbeh bergan.

 

Maʼlumot o‘rnida, o‘quvchi B.B. ilgari sudlangan bo‘lib, JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan va hozirda tuman IIBning profilaktik nazoratida turadi.

 

“Yuqoridagi holat bo‘yicha maktab maʼmuriyati tomonidan o‘quvchining ota-onasi bilan profilaktik suhbat olib borilib, bolaning tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan tushuntirish berildi”,- deyiladi xabarda.

 

Maktab direktorining maʼlum qilishicha, tarix fani o‘qituvchisi X.D. o‘z xohishiga binoan ishdan bo‘shatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика