Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi fermer xojaliklarining birida ilk paxta ochildi.
"Dalani aylanar ekansiz, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganligini anglaysiz", — deyiladi xabarda.
Fermer xo‘jaligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil mavsumida paxta ekish ishlari 19-mart kuni boshlangan.


