1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda savdo do‘koni yonib ketdi

Holat bo‘yicha FVB ma’lumot berdi.

Surxondaryoda savdo do‘koni yonib ketdi


Bugun, 22 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida savdo do‘koni yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat FVB maьlumot berdi.


Qayd etilishicha, soat 06:00da Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” MFY Mahtumquli ko‘chasida joylashgan YATT  T.R.ning avtomobil ehtiyot qismlari savo do‘konining 65 kvadrat metr shift qismi va ichidagi mahsulotlari yongan. 


Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 06:07 voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 07:40 da o‘chirgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.


Yong‘indan savdo do‘konning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика