1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabri topildi

U 4000 yillik tarixga ega Jarqo‘ton yodgorligidan topilgan.

Surxondaryoda sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabri topildi

 

Surxondaryo viloyatida to‘rt ming yillik Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qilmoqda.

 

Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohadagi 10 ta madaniy meros obyektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, o‘rganish ishlarini olib borish topshirig‘i berilgan. Bugungi kunda topshiriqqa asosan viloyatning turli manzillarida arxeologik qazishma va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Shulardan biri bo‘lgan «Jarqo‘ton» yodgorligi 4000 yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar hamda O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, O‘rta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib o‘rganilgan.

 

Bugungi kunda O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика