1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda tojik kavragi o'simligini kesgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Tabiiy holda o‘suvchi o‘simlik shira olish maqsadida kesilgan

Surxondaryoda tojik kavragi o'simligini kesgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

 

Bosh prokuratura maʼlumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Bobotog‘ tizmasi hududida faoliyat yurituvchi “U.O.M.A.” MCHJ qo‘shma korxonasiga biriktirilgan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida tabiiy holda o‘suvchi tojik kavragi o‘simligining 2 421 tasi kartonlash orqali dimlangan va 81 tasi esa shirasini olish maqsadida kesilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan jamiyatning masʼul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.

 

Maʼlumot uchun, Prezidentning "Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi o‘simligining tabiiy populyatsiyasi, takror ko‘payishi va qayta tiklanishini taʼminlash maqsadida ushbu o‘simlikdan foydalanishga uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика