Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Vengriyaning "Agrometal" kompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qildi.
Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi vakili janubdagi vohaning foydalanilmayotgan maydonlarida Arundo (tez o‘suvchi qamish) o‘simligini yetishtirib, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarning oldini olish maqsadida foydalanish taklifini ilgari surdi.


